WordPress web sayt yaratish

Sayt yaratish haqida to’liq qo’llanma: 0 dan boshlab, sayt ochgandan keyin nima ish qilish kerak, siz bilasizmi?

Assalomu aleykum!

Siz bilan men Oxunjon G’aybullayev.

Internetda o’z shaxsiy saytingizni yaratishga qaror qilganingizdan xursandman. Ushbu maqola web sayt yaratish haqidagi barcha savollaringizga javob beradi. Shuningdek, sayt ochish bajarib bo’lingandan so’ng, yana qanday texnik ishlar bajarishingiz kerak, shu haqida ko’rsatmalar beriladi.

Sayt yaratish ishiga kirishib ketishdan oldin, shu sohaga qanday qiziqib qolganim va sayt ochish nega kerakligi haqida biroz gapirib o’tmoqchiman.

2016-yil men Internetda pul ishlash yo’llarini qidirdim va ko’plab yo’llarini o’rganib chiqdim. Telefonga har xil dasturlar o’rnatib pul ishlash, har xil so’rovlarda qatnashish (apros), klik bosish, bonuslar yig’ib borish va ularni har xil sovg’alarga almashtirish, va kapcha kirgizish kabi ko’plab yo’llarni ko’rib chiqdim.

Shunga amin bo’ldimki, internetda doimiy pul ishlashning eng afzal yo’li bu o’zingizning shaxsiy blogingizga yoki saytingizga ega bo’lish ekan. Keyinchalik blog, sayt yaratishning turlarini o’rgandim. Bu maqolada ham bu o’rganganlarimning bir qismini sizlar bilan bo’lishaman.

Bu maqolada sayt yaratishning oson yo’li haqida tushunchaga ega bo’lasiz.

Sayt yaratish uchun bosqichma – bosqich o’quv qo’llanma.

Demak, siz sayt yaratishni boshlamoqchisiz. Bu juda yaxshi! Sayt yaratish nafaqat ermak, shu bilan birga sayt bilan siz o’zingizni mislsiz yo’lda tasvirlab berishingiz mumkin, o’zingiz uddasidan chiqqan muammolar bilan boshqalarga yordam berishingiz mumkin, o’zingizni ekspert sifatida mustahkamlashingiz mumkin va hatto pul ishlashingiz mumkin.

Agar siz sayt yaratishni endi boshlagan bo’lsangiz, bu maqola sizga xatolardan qochish va vaqtingizni bexudaga ketqizmaslik uchun yordam beradi.

Bu maqolani HTML haqida ma’lumotga ega bo’lmasdan yoki uzundan uzun kurslarni o’rganishsiz saytni tez va ishonchli yaratish haqidagi o’quv qo’llanma desak ham bo’ladi.

Sayt yaratish va uni to’liq ishga tushirishning 5 ta bosqichi bor.

Bu o’quv qo’llanmani siz uchun qo’ydim va sayt yaratishning 2 ta oson jarayonini siz bilan birgalikda bosib o’tamiz.

Blog/sayt yaratishni qanday boshlash kerak:

  1. Blog/sayt yaratadigan platformani tanlash.
  2. Domen (aniqlanish soha) dan ro’yxatdan o’tish va hosting qilish.
  3. Saytingizni loyihasini tuzish.
  4. Maqolalar va sahifalar qo’shish.
  5. Saytni rivojlantirishni boshlash.

Yuqoridagi bosqichlarning ikkitasini ko’rib chiqamiz.

Sayt yaratishga tayyormisiz? Yaxshi! Unda boshlaymiz.

1- bosqich: Sayt yaratadigan to’g’ri platformani tanlang (WordPress).

Hattoki saytingiz qanday ko’rinishda bo’lishini o’ylashdan oldin, o’zingizning blog/sayt yaratadigan platformani tanlashingiz kerak bo’ladi.

Bu masalada ko’plab tanlovlar bor. Siz WordPress, Tumblr, Blogger, Joomla va hokazolar kabi ko’plab blog yoki sayt yaratadigan platformalar yordamida o’z saytingizni yaratishingiz mumkin.

Biroq, bugungi kunda WordPress 72 mln dan ortiq foydalanuvchisiga ega, qaysi platforma yaxshiroq ekanligi aniq ravshan ko’rinib turibdi. Hatto mening blogim ham WordPress da yaratilgan, chunki:

  • U foydalanish uchun barchaga bepul.
  • Sozlash uchun juda oson.
  • Xavfsiz: WordPress o’zining dasturlarini yangilab turadi va hamma narsani xavfsizligini saqlab keladi. Demak, kamdan kam holatda blogingiz hakker hujumi ostida qolishi mumkin. Hatto ba’zi katta firma saytlari ham WordPressda
  • Saytingizga ko’p faoliyat qo’sha oladigan yuzlab bepul mavzular va plaginlar bor. Bular saytning ish bajarishini kengaytiradi.

Boshqa sayt yaratadigan platformalar ham yaxshi bo’lishi mumkin. Biroq men WorPress-ning erkinlik huquqini beradigan taklifiga ularning birontasini tenglashtirolmayman. Ayniqsa siz endigina boshlayotgan bo’lsangiz.

Nega siz bepul sayt yaratadigan platformalardan foydalanmasligingiz kerak:

Shubhasiz, WordPress saytingizni o’zingiz host qilishingiz kerak.

Читайте также:  Как изменить имя принтера kyocera

Siz bepul sayt yaratadigan platformalarda o’z domeningizdan foydalana olmaysiz.

Bundan tashqari, bu turdagi platformalar boshqa muammolarga ham ega.

  • O’z kontentlaringizni boshqara olmaysiz. Ular sizni har qanday vaqtda o’chirib qo’yishi mumkin.
  • Saytingizning Veb addresi esda qolishi uchun juda uzun va qiyin bo’ladi (siz tanlaydigan esda tez qoladiganning o’rniga).
  • Sizga biron narsani reklama qilish ruxsat etilmagan, bu esa saytdan pul ishlash imkonini yo’qqa chiqaradi.

Bu cheklovlarning barchasi WordPressda yo’qqa chiqadi.

Agar sizni o’rningizda bo’lganimda, saytimni o’z domenimda o’zim host qilish bilan boshlagan bo’lardim. Bu kabi saytni sozlash siz o’ylaganingizdan oson va arzonroq.

Domen nom topish va veb hosting.

Endi hayajonli qismi! O’zingizning domen nomingizda o’zingiz hosting qilishni sozlash uchun, sizga ikkita narsa kerak bo’ladi:

Domen nom – bu odamlar sizni qayta va qayta topadigan shaxsiy sayt adresingiz bo’ladi. Masalan Google ning domeni www.Google.com va youtube niki www.youtube.com. Domen nomingizning narxi yiliga 10$ gacha bo’lishi mumkin. Agar siz shu o’quv qo’llanmadan foydalanishda davom etsangiz, sizga arzonroq yo’llarini ko’rsataman.

Veb hosting – bu o’sha saytda bo’ladigan sayt addresi va kontentlarining uyi bo’ladi. Veb hostingsiz domendan foydalana olmaysiz. Hostingni blogingizdagi (rasm, video, muzika) barcha kontentlaringizni to’playdigan kompyuter diski sifatida qarashingiz mumkin. web hostingning narxi odatda oyiga 2-5$ gacha bo’ladi.

Bu saytning muvoffaqqiyati uchun muhim invistitsiya.

Domen nomi va hostingni qayerdan olishim kerak?

Hostingga keladigan bo’lsak, faqatgina ikkita muhim narsa bor.

  • Sahifaning yuklash tezligi – saytingizni yuklash uchun ketadigan vaqtning o’rtacha qiymati.
  • Ishlatsa bo’ladigan vaqt ya’ni ishlash vaqti – 99.9% yetarli emas. Siz 100% uchun mo’ljallashingiz kerak.

Yuzlab turli xil veb hostinglari mavjud. Ularning barchasi deyarli bir xil taklif berishadi (dome va hosting) va narxlari ham deyarli bir xil.

Men sizga o’zim foydalanadigan veb hostingni tavsiya etmoqchiman.

www.mchost.ru

Biroq, siz boshqa bir veb hostingni tanlashingiz mumkin.

Endi, biz blog yaratuvchi platformalarning boshlang’ich qismini ortda qoldirdik, amaliy qismga o’tish vaqti yetib keldi. Keyingi bosqichda, saytni yaratamiz va ishga tushiramiz. Agar tayyor bo’lsangiz unda boshlaymiz.

2- bosqich: Saytning domen nomini sozlash (WordPress hosting).

Haligacha hosting qilmadingizmi yoki domen nomingiz yo’qmi — xavotirlanmang. Men sizga bularni qanday amalga oshirishni ko’rsataman.

Bu bosqich oxirida, siz o’z domeningizda hosting qilingan WordPressingizda ishlayotgan bo’lasiz.

Ba’zi sabablarga ko’ra mchost.ru dan foydalanishni xohlamasangiz, unda boshqa o’zingiz xohlagan hostinglarni tanlashingiz ham mumkin. Ammo tanlash jarayonida hostingning yuqoridagi ikkita xususiyatlariga e’tibor bering.

mchost.ru ga boring va pastda rasmda ko’rsatilganidek zakazat tugmasiga bosing (4 turdagi hostingdan birini tanlang).

Pastdagi rasmdan oylik va yillik hostinglar uchun narxlarni ko’rishingiz mumkin. Men sizga boshlanishiga qizil bilan ajratib ko’rsatilgan hostingni tavsiya qilgan bo’lardim. Bu hostingda 10 GB xotiraga ega bo’lasiz. UNUTMANG, hostingni keyinchalik ham o’zgartirishingiz mumkin.

Demak, hosting turini tanladingiz va zakazat tugmasini bosdingiz.

Endi ikkinchi sahifadasiz.

Bu sahifada eng yuqorida email pochtangizni kiriting. Sal pastroqda esa registratsiya turini tanlang.

Undan keyingi Промо-код degan joyiga manashu 5R5K-T3H9-CW15 kodni kiritsangiz bir oy davomida hostingni bepul ishlatishingiz mumkin.

Промо-код: 5R5K-T3H9-CW15

Партнерский код degan joyga 2561239090 kodni kiriting. Agar bunaqa narsa mavjud bo’lmasa keyingi bosqichga o’tib ketavering.

Партнерский код: 2561239090

Далее tugmasini bosib keying bosqichga o’ting.

Yuqorida domen o’rnida yozganingiz hech narsaga ta’sir qilmaydi, shunchaki biron narsa yozing va yana Далее tugmasini bosib keyingi bosqichga o’ting.

Bu yerda rozilik (Согласен) tugmasini bosasiz.

Bu sahifada login va parolingiz haqida ma’lumot. Parolingizni bilish uchun email pochtangizga boring.

Pochtangizga allaqachon parolingiz borgan bo’ladi va bu parolni keyinchalik o’zgartirishingiz mumkin.

Yuqorida qizil bilan ko’rsatilgan ssilka orqali mchostdagi o’z akkountingizga borishingiz mumkin.

Buyerda birinchi qiladigan ishingiz, anketa to’ldirish, bu uchun yuqoridagi rasmda qizil ramka bilan ko’rsatilgan joyga borib kirasiz.

Bu sahifada o’z ma’lumotlaringizni kiritasiz va oxirida saqlab qo’yasiz.

Ikkinchi qiladigan ishingiz, quyidagi rasmga qarang

Bir raqami bilan ko’rsatilgan joyga kirasiz, bunda yuqorida ikki raqami bilan ko’rsatilgan form chiqadi. Endi shu formaga kirasiz.

Va yana yangi anketa to’ldiradigan jadvalga ega bo’lasiz, o’z ma’lumotlaringizni kiriting. Ma’lumotlaringizni kiritganingizda barcha formlar yashil rangda bo’lsa, barchasini to’g’ri kiritgan bo’lasiz.

Читайте также:  Как поставить linux ubuntu на флешку

Ma’lumotlaringizni kiritib bo’lganingizdan keyin domen uchun pul to’lashingiz kerak.

Bunda finansi ga kirasiz (1), hozir sizning balansingiz -100 ruble. Domen uchun yetarli pul o’tkazing (350-400 r). Ikki raqami bilan ko’rsatilgan joyga kiring.

Bu sahifada pul o’tkazish yo’llarini ko’rasiz.

O’zingizga qulay bo’lgan elektron pul o’tkazish yo’lini tanlang. Bu borada WebMoney orqali pul o’tkazishni tavsiya qilgan bo’lardim. Agar sizda biron elektron hamyon (kashelok) bo’lmasa, elektron hamyon ochish to’g’risidagi ma’lumotlarni nimadan boshlash kerak sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

Pul o’tkazib bo’lganingizdan keyin domen sotib olishingiz kerak.

Sayt uchun domen tanlang.

Allaqachon domen nomini tanlab olgan bo’lsangiz ham, quyidagi ba’zi maslahatlarni o’qib chiqing va tanlagan domeningiz haqida o’ylang.

Qanday yaxshi domen nomini tanlash mumkin?

Yomon domen nomini tanlash eng odatiy xatolardan biri.

  1. Bema’ni nom tanlamang, aytish uchun qiyin bo’lmasin, uzun nom tanlamang, masalan “www.meninternetdapulishlash.uz”.
  2. Mislsiz va tasvirlovchi – kim ekanligingizni va nima ish qilishingizni ko’rsatadigan domen nomi. Yaratuvchan bo’lib o’ziga xos va o’ziga tortuvchi domen nomini tanlang.

Yuqoridagi ishlarni birma bir bajaring. Ketma-ketlik raqamlar bilan ko’rsatilgan.

Domenni qo’shganingizdan keyin ro’yxatga olish boshlanadi va bu 1-6 soat bo’lishi mumkin va hattoki ikki, uch kungacha davom etishi ham mumkin, har kimda har xil bo’ladi.

Vaqt o’tib domen ro’yxatdan o’tganidan keyin blogingiz sari birinchi qadamni tashlang. Endi brauzerda domeningizni ya’ni blog nomingizni yozing va qidiring, natija:

Demak, domen ro’yxatdan o’tib bo’ldi.

Endi WordPressni o’rnatamiz.

O’rnatish ketma- ketligi rasmda nomerlar bilan ko’rsatilgan.

Rasmdagi ishlarni ketma-ket bajaring. Avtomatik tarzda WordPress ham o’rnatiladi. Endi brauzerga domen nomini yozib qidiruv bersangiz, manashu tasvirga ega bo’lasiz:

Mana sizning blogingiz internet yuzini ko’rdi. Lekin Asosiy ishlar endi boshlanadi.

Maqola boshida Internetda pul ishlash to’g’risida aytdim va bu uchun shaxsiy saytingizga ega bo’lish yaxshi variant ekanligini ham aytdim.

Sayt yaratish ko’rganingizdek oson jarayon lekin bu sayt ortidan pul ishlash ancha mehnat talab qiladi ya’ni saytni rivojlantirish, ommaga tanitish uchun juda ko’p mehnat qilish kerak.

Bu ishlar ya’ni rivojlantirish, ommaga tanitish ishlari bir-ikki kunda bo’lib bitadigan ishlar emas. Bularni qilish uchun saytning eng avvalo sozlanmalarini qilish, texnik tomonlarini amalga oshirish kerak bo’ladi va men shular to’g’risida alohida maqolalar yozib, ushbu blogda chop qilganman.

Hozir, wordpressni o’rnatib bo’lganingizdan keyin qilishingiz kerak bo’lgan ishlarga mos ravishda maqolalar sarlavhalarini joylashtirib, ssilkalar qo’yib chiqaman.

Bularni birma-bir ko’rib, o’rganib, qo’llab ko’rishingizni maslahat beraman. Chunki, yaqinda o’zining saytini yuritib kelayotgan saytimning bir o’quvchisi mendan saytimdagi ssilkalar haqida so’rab qoldi ya’ni uni saytidagi ssilkalar ko’rinishi tartibsiz edi va buni yomon tarafi bormi, qanday tuzatish mumkin deb so’rab qoldi. Aslida bu sayt ochish tugatilganidan keyin qilinishi lozim bo’lgan sozlanmalardan biri edi.

Sayt yaratib bo’lgandan keyin qanday ishlarni amalga oshirish kerak?

Quyidagi maqolalarni o’qing!

Xulosa:

Mana endi siz ham Internetda sayt yaratish haqida ma’lumotga ega bo’ldingiz, va o’ylaymanki wordpressda sayt ochish sizga ma’qul bo’ldi. Ushbu uzinfobiz.ru shaxsiy blogimdan wordpress sayt yaratish va keyinchalik uni rivojlantirish uchun kerak bo’ladigan foydali xizmatlar to’g’risida ko’plab ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Siz ushbu maqolani PDF formatda qurilmangizga yuklab olishingiz ham mumkin. Bu uchun esa quyidagi rasm ustiga bosing:

Maqola so’ngida shuni aytmoqchiman, sizlarga internetda o’z saytingizni yaratishda yordam berishdan doim xursandman.

Источник

Sayt builder yoki WordPress

Veb-sayt yaratish, ayniqsa siz bugungi kunda sizning qo’lingizda mavjud bo’lgan juda ko’p sonli vositalar bilan qimmat yoki qiyin bo’lmasligi kerak.WordPress bu bozorda asosiy o’yinchilardan biri va bugungi kunda veb-saytlarning ajoyib soni. Bundan tashqari, platformani qo’llab-quvvatlaydigan ulkan bir jamoa, jumladan, dasturchilar, veb-xostlar, uchinchi tomon mavzusi va plaginlari.WordPress kengayishi davom etar ekan, Squarespace, Wix, Weebly kabi DIY veb-sayt ishlab chiqaruvchilari qatoriga ega. Har ikki DIY veb-sayt ishlab chiqaruvchilari va WordPress-dan foydalanish veb-saytingizni qurishda samarali yondashuvlar bo’lishi mumkin. Ammo, siz olgan yo’l sizning umumiy veb-saytingizning ehtiyojlari va maqsadlariga bog’liq. Quyida biz DIY va WordPress CMSni chuqur o’rganib chiqamiz, shuning uchun siz qaysi biri siz uchun eng yaxshisini tanlashingiz mumkin.

Читайте также:  Картридж 3ym40a как заправить

Sayt yaratuvchisi nima?

Veb-sayt quruvchisi, odatda, veb-saytni har qanday kodlash tajribasi mavjud bo’lmagan holda yaratishga imkon beradigan veb-sayt yaratuvchisi hisoblanadi. Saytingiz tugatilmaguncha, siz turli veb-sayt elementlarini tortib tushirasiz.

DIYning ko’pchilik ishlab chiqaruvchilari sizning o’zingizning tarkibingizni va rasmingizni kiritishingiz va professionallar tomonidan yaratilgan saytga o’xshash saytni ko’rsatishga imkon beradigan chiroyli va funktsional mavzular bilan jihozlangan.

Bugungi kunda eng ommabop DIY tuzuvchilari orasida Squarespace, Wix, and Weebly kabi o’nlab turli xil vositalar mavjud. Misol uchun, HostGator barcha hosting rejalari bilan bepul veb-sayt quruvchisini o’z ichiga oladi.

WordPress nima?

WordPress asosan blog berish platformasi sifatida ish boshlagan, ammo dastlabki kunlardan boshlab u to’liq veb-sayt yaratish vositasiga aylantirilgan. U ikkita versiyada, o’z-o’zidan tasdiqlangan versiyasida va siz o’zingiz mezbonlik qiladigan ko’chirib olinadigan versiyada mavjud.

Oddiy CMSdan ko’ra ancha ko’prog’iga aylandi va istagan saytni barpo qilish imkonini beradi. O’qish eg’risi bir oz tik, lekin siz uni osganingizdan so’ng siz o’zingiz bajaradigan narsalarga ta’sir o’tkazasiz.

DIY ishlab chiqaruvchisidan qachon foydalanish kerak?

DIY quruvchilari birinchi veb-saytini imkon qadar tezroq olishni xohlaydigan insonlar uchun javobdir. Ular juda oddiy veb-saytlarni qurishda sizga yordam berish uchun jihozlangan – yirik kontent saytlari yoki e-tijorat do’konlari emas.

DIY tuzuvchilari ham sizning saytingizni qurishda vaqtni tejashga yordam beradi. WordPress kursi yanada mustahkamroq o’rganish kursisiga ega, shuning uchun kunduzgi kunlarda saytga kirishni istasangiz, eng yaxshi narsa emas.

Bir necha marta bosish bilan DIY ishlab chiqaruvchisi bilan veb-saytga ega bo’lishingiz mumkin. Bundan tashqari, o’z hostingdagi ko’pgina paketlar, shuning uchun siz alohida hostingni o’rnatish va barcha texnik elementlarning to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qilish qiyin emas.

DIY ishlab chiqaruvchisidan qachon foydalanish kerak?

DIY quruvchilari birinchi veb-saytini imkon qadar tezroq olishni xohlaydigan insonlar uchun javobdir. Ular juda oddiy veb-saytlarni qurishda sizga yordam berish uchun jihozlangan – yirik kontent saytlari yoki e-tijorat do’konlari emas.

DIY tuzuvchilari ham sizning saytingizni qurishda vaqtni tejashga yordam beradi. WordPress kursi yanada mustahkamroq o’rganish kursisiga ega, shuning uchun kunduzgi kunlarda saytga kirishni istasangiz, eng yaxshi narsa emas.

Bir necha marta bosish bilan DIY ishlab chiqaruvchisi bilan veb-saytga ega bo’lishingiz mumkin. Bundan tashqari, o’z hostingdagi ko’pgina paketlar, shuning uchun siz alohida hostingni o’rnatish va barcha texnik elementlarning to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qilish qiyin emas.

WordPressni qachon ishlatish kerak?

WordPress kontentga asoslangan sayt ishlab chiqaruvchisi. WordPress bilan oddiy blog yaratish yoki to’liq xususiyatli veb-sayt yaratishingiz mumkin. Siz istagan saytni yaratish uchun ko’proq texnik mahorat talab etiladi, ayniqsa, dastlabki bosqichlarda, lekin qo’shimcha harakatlar bunga arziydi.

WordPress bilan tuzadigan saytlarning turlari deyarli cheksizdir. Mavjud deyarli cheksiz miqdordagi mavzular va plaginlar bilan saytingizni sozlashingiz va kerakli xususiyatlarni qo’shishingiz mumkin. Ko’p mavzular siz import qiladigan demo kontent bilan jihozlangan bo’lib, sizning mavzuingiz tuzilishi va tuzilishi siz tanlagan demo mavzusiga mos keladi.

Agar siz katta miqyosli saytni yaratishga harakat qilsangiz yoki saytingizning tashqi ko’rinishi va xususiyatlariga nisbatan ko’proq nazorat qilishni xohlasangiz, u holda WordPress ajoyib tanlov bo’ladi.

Men uchun qaysi biri eng yaxshi?

Bugungi kunda veb-saytga kerak bo’lsa va hech qanday og’ir xususiyatlarsiz ishlasa, DIY ishlab chiqaruvchisi siz uchun tanlovdir. DIY ishlab chiqaruvchisi bilan siz faqatgina shablonni tanlaysiz, tartibni o’zgartirib, kontentingizni yuklashingiz va nashr etishni boshlashingiz kerak. Bir necha soat ichida veb-saytingizni onlayn qilib olishingiz mumkin.

Agar sizda ko’proq vaqt mavjud bo’lsa va yanada ko’proq xususiyatli saytni yaratmoqchi bo’lsangiz, WordPress bu ajoyib tanlovdir. WordPress bilan saytingiz yakuniy natijalari va uning uzoq muddatli yo’nalishi ustidan ko’proq nazorat o’rnatasiz. Ko’proq texnik elementlar mavjud, shuning uchun siz o’zingizni qulay his qilmasangiz yoki CMS haqida bilish uchun vaqt topolmasangiz, saytni yaratish uchun qo’shimcha yordam olishingiz mumkin.

Umid qilamanki, yuqoridagi ma’lumotlar veb-saytingizni tashkil qilishda qaysi yo’lni tanlash kerakligini hal qiladi. Yoki siz DIY ishlab chiqaruvchisi yoki WordPress bilan birga bo’lasizmi, siz oqlangan va funktsional sayt bilan yakunlanadi.

Источник

Поделиться с друзьями
КомпСовет
Adblock
detector